Kompaniya haqida

Podium Italia o’zining birinchi butigini 1999 yil “Arkada” savdo majmuasida ochdi. Bu ayollar kiyimi va poyafzallari do’koni edi. Keyin, bir yildan so’ng, erkaklar do’koni ochildi. 2004 yilda Hamid Olimjon maydonida lyuks kategoriyasidagi ikkinchi butikning ochilishi bo’lib o’tdi. Endilikda “Arkada” do’koni mashhur Modalar Uylarining ikkinchi liniyasini, Hamid Olimjon maydonidagi butik esa – birinchi, kutyure liniyasini taqdim etadi.

Toshkentning eng gavjum markaziy biznes-markazida joylashgan Podium Italia butigi yuqori modani tushuna oladigan kishilar shoping dasturining ajralmas qismi bo’lib qoldi. Butikda mavjud bo’lgan kutyure liniyalarining turli tumanligi hatto eng injiq talab va ta’blarni ham qondirishga imkon beradi.

Ichki bezagi

Podium Italia butigining ichki bezagi Yevropa butiklarining eng yaxshi an’analari bo’yicha bajarilgan: oliyjanob uslubdagi xira oyna, chapda – kolektsiyaning erkaklar, o’ngda – ayollar qismi joylashgan ikki qavatli zal, shaffof materiallardan tayyorlangan vaznsiz zinalar, havoda xuddi muallaqdek tuyuladigan shinam bar- bularning barchasi yengillik, bashanglik va haqiqiy fashion place atmosferasi tuyg’usini yaratadi. .

Kollektsiyalar

Podium Italia kollektsiyalari doimo dolzarb, zamonaviy va professionallar tomonidan Yevropa yuqori modasining so’nggi tendentsiyalari asosida bizning mijozlarimizning nimani afzal bilishlarini hisobga olib tuzib chiqilgan. Kiyim, poyafzal, sumkalar, anjomlar, modali mayda-chuydalar – boshdan oyoq yuqori tabaqa bo’yicha kiyinish uchun bu yerda hamma narsa bor.

Malakali sotuvchi-maslahatchilar va butik menedjeri barcha savollaringizga javob beradilar, ular mehmondo’st va xushmuomaladirlar. Har birimiz malaka va mamnuniyat bilan sizga nima mos kelishini tanlashga yordam beramiz. Har bir mijozga individual yondashuv - bu bizning kredomiz. Biz mehmonlarimizning ishqibozliklarini, ta’blarini va nimani afzal ko’rishliklarini sinchiklab o’rganamiz va har doim ularning istaklarini biror narsaga bog’lamagan holda boshqalardan oldin payqaymiz.

Podium Italia – Toshkentning qaynoq quyoshi ostidagi Yevropaning bir bo’lakchasidir. Go’zal buyumlar aurasi maftunkorligini his qilish va shoping jarayonidan rohat olish uchun bizning butigimizda hukmron bo’lgan modali bashanglik atmosferasiga bir marta sho’ng’ish, Italiyaning yetakchi Moda Uylari san’at namunalari go’zalliklariga baho berib, uning keng zallarida aylanish yetarlidir.