Discont

Yaqin insoningizga nima sovg’a qilish mumkin, uni qanday xursand qilsa bo’ladi?Biz hammamiz ko’pincha shu muammo bilan o’ylanib qolamiz: sevimli kishilarimizning istaklarini qanday bilib olsak ekan? «Podium Italia» butik do’koni ushbu muammoni hal etishning imkonini topdi. Faqat mijozlarimiz uchun biz ajoyib betakror taklif yaratdik: Siz u yoki bu sabab bilan qanday sovg’a tanlash lozimligini o’ylab qiynalmasligingiz uchun xizmat qiluvchi Sovg’a kartalari.

Bu qanday ishlaydi?

Siz «Podium Italia» butik do’konida Sovg’a kartasini sotib olasiz va uni sovg’a qilasiz. Kartaning egasi Sovg’a kartasining nominal qiymati ichida o’ziga yoqqan sovg’ani tanlashi mumkin. Bunday karta bilan butikdagi istalgan xarid uchun to’lash mumkin. Karta egasi yozilmay beriladi va 6 oy ichida amal qiladi.

Sotish qoidalari:

  • «Podium Italia» sovg’a kartalari «Podium Italia» butikida sotiladi va shu yerdan tovarlar sotib olishda ishladitiladi.
  • Kartani Xarid qiluvchi to’lagan pul summasi karta nominaliga mos keladi va bay puli hisoblanadi.
  • Bay puli summasi Xarid qiluvchi tomonidan Tovarni sotib olishda birdaniga va to’liq ishlatiladi, shundan so’ng karta sotuvchi-maslahatchiga qaytariladi. Karta nominalidan kamroq summadagi tovar tanlangan holda qolgan summa qaytarib berilmaydi. Karta nominalidan yuqori summadagi tovar xarid qilinganda, yetmay qolgan summani naqd pulda va bank to’lov kartalari yordamida to’lash mumkin.
  • «Podium Italia» butikida Sovg’a kartasi yordamida sotib olingan tovarga nisbatan sotish davrida amalda bo’lgan barcha chegirmalar qo’llaniladi.
  • Sovg’a kartalariga Xarid qiluvchining shaxsiy chegirmasi tatbiq etilmaydi.
  • Yo’qotilgan karta tiklanmaydi. Kartani qaytarib topshirish va almashtirish mumkin emas.
  • Kartada himoya pin-kodi mavjud. Faqat sotuvchi-maslahatchi kartani sotib oluvchi taqdim etganidan so’ng undagi himoya qatlamini o’chirishga haqli. Himoya qatlami o’chirilgan karta haqiqiy emas deb topiladi.
Karta sotib olingan kundan boshlab 6 oy mobaynida haqiqiy hisoblanadi.

Siz «Podium Italia» butiki Sovg’a kartalarini quyidagi manzildan xarid qilishingiz mumkin: Toshkent sh., H.Olimjon maydoni, Garbiy tarab, «Podium Italia» butiki.

Batafsil ma’lumot uchun 233-99-99 telefoniga murojaat qiling.