Igor Chapurin: ruscha hashamat.
26.12.1999
Igor Chapurin G’arbda eng taniqli Rossiya modelerlaridan biri hisoblanadi. Uning namoyishlari jahonning yirik shaharlarida an’anaviy tarzda o’tkaziladi. ChAPURIN COUTURE Modalar uyining tarixi esa «Nina Ricci» firmasi tomonidan Parijda tashkil etilgan yosh dizaynerlar tanlovidan boshlangan. Tanlov jyurisi Sonya Rikel, Kenzo, Per Karden kabi nufuzli shaxslardan iborat bo’lgan edi.
